Pashinyan iste’foga chiqishini e’lon qildi
Olam
−
28 mart 2021
8392Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinya joriy yilning aprel oyida iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, u siyosatdan ketish uchun emas, navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishi uchun iste’foga chiqadi.
Saylovlardan oldin Pashinyan hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib qoladi. Saylovlarni 20 iyunda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Armanistondagi siyosiy inqiroz mamlakat Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojarolarda Ozarbayjondan yengilganidan beri davom etyapti. Inqiroz fevral oyi oxirida Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Pashinyanning iste’fosini talab qilgach, keskinlashdi. Yerevanda har kuni Bosh vazirning tarafdorlari va unga qarshilarning namoyishlari o‘tkazilyapti.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar