Pashinyan Blinkenga qo‘ng‘iroq qilib, Qorabog‘ bo‘yicha dardini to‘kdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qilib, mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi. 

“Suhbatdoshlar Armaniston-AQSH ikki tomonlama kun tartibiga, shuningdek, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka oid masalalarni muhokama qildilar. Xususan, Armaniston-Ozarbayjon tinchlik muzokaralari, Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etish, mintaqaviy aloqalarni ochish, mahbuslarni qaytarish, bedarak yo‘qolganlar taqdirini aniqlash masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda. 

Nashrda ta’kidlanishicha, Davlat kotibi Qo‘shma Shtatlar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi hamraisi sifatida yuqoridagi barcha masalalar yechimini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Armaniston Vazirlar Mahkamasi rahbari tinchlik kun tartibiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi va arman jamoatchiligi bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. 

“Suhbatdoshlar Armaniston-Turkiya munosabatlarida kechayotgan jarayonlarni ham muhokama qildilar. Davlat kotibi 11 iyul kuni Armaniston Bosh vaziri va Turkiya Prezidenti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotini olqishladi va AQSH ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi”, deyiladi bayonotda.  

Armaniston Bosh vaziri va AQSH Davlat kotibi oliy darajadagi ikki tomonlama aloqalardan mamnun ekanliklarini bildirib, muloqotni davom ettirishga kelishib olganlar. 

Eslatib o‘tamiz, Pashinyan joriy yilning 6 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga ham qo‘ng‘iroq qilib, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tartibga solish va Armaniston-Ozarbayjon chegarasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgandi 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 iyul kuni Venada Armaniston va Turkiyaning maxsus vakillari Ruben Rubinyan va Serdar Qilichning mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda Armaniston va Turkiya o‘rtasidagi chegaralarni uchinchi davlat fuqarolari uchun ochish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yuklarini tashishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Maxsus vakillarning birinchi yig‘ilishi joriy yilning 14 yanvarida Moskvada bo‘lib o‘tgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Tog'li Qorabog' Entoni Blinken

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing