Pashinyan bizga xiyonat qildi – Armanistonda muxolifat Bosh vazir iste’fosini talab qilyapti

Olam

image

Armanistonda muxolifat noroziliklari kuchayib boryapti. Muxolifat parlamentdan Bosh vazir Nikol Pashinyanni iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqishni talab qilyapti. Ular parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish uchun yetarlicha imzoni ham to‘pladi.

“Nikol Pashinyan bizga xiyonat qildi. U kelishuvni imzoladi va Arsaxni topshirdi. Nikol hozir qayerdaligini bilmaymiz, masalani parlament yechishi kerak, majlis chaqirib, uni iste’foga chiqarish zarur, degan “Rivojlanayotgan Armaniston” partiyasidan bo‘lgan deputat Naira Zograbyan.

Shuningdek, bugun, 11 noyabr kuni Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari mamalakatdagi yeng yirik muxolif partiya hisoblangan “Rivojlanayotgan Armaniston” rahbari bo‘lgan tadbirkor Gagika Sarukyanni boshqa muxolifat rahbarlari bilan Qorabog‘ bo‘yicha imzolangan bitimga qarshi Yerevan markazida namoyish tashkil qilganligi uchun hibsga oldi. Bu haqda “Rivojlanayotgan Armaniston” fraksiyasidan deputat Iveta Tonoyan jurnalislarga xabar bergan.

“Hukumat qo‘rquvni, pastkashlik majmuasini yengish o‘rniga, Sarukyanni hibsga olishdi va ayni vaqtda MXX binosida ushlab turishibdi. Ular hech qachon uch million kishini hibsga olishga qodir emasliklarini anglamayaptilar”, deydi Tonoyan.

Avvalroq, Pashinyan Rossiya hamda Ozarbayjon tomonlari bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni butkul to‘xtatish bo‘yicha bitimni imzolashi ortidan Yerevanda namoshiy boshlangani haqida xabar bergan edik.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing