Pashinyan Bakuga o‘zaro da’volardan voz kechishni taklif qildi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon tomoniga, shu jumladan xalqaro sudlarda ham o‘zaro da’volardan voz kechishni taklif qildi. Bu haqda Pashinyan o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Xususan, u vaziyatni keskinlashtiruvchi ritorikadan voz kechish, davlat chegaralarining delimitatsiya jarayonini davom ettirish, 90 foiz tayyor bo‘lgan tinchlik shartnomasini imzolash, Armanistonning transport aloqalarini blokdan chiqarish bo‘yicha “Tinchlik chorrahasi” loyihasini amalga oshirish, o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzishni tekshirish bo‘yicha qo‘shma mexanizmni joriy etish, asirlar masalasini to‘liq hal qilish va bedarak yo‘qolganlar taqdirini aniqlash ustida ishlash zarurligini ta’kidlagan.      

“O‘zaro da’volardan voz kechish kerak, shu jumladan xalqaro sudlardagi da’volardan ham,” deydi Pashinyan.

Bundan tashqari, u tinchlik bitimi shartlarini to‘liq va samarali bajarish ustida ishlash, qurollar ustidan o‘zaro nazorat o‘rnatish, kvotalar va ularni qo‘llashni cheklash bo‘yicha muzokaralar mexanizmini shakllantirishni, shuningdek, ikkala davlatdan qochqinlar bilan bog‘liq masalalarni kompleks tarzda ko‘rib chiqishni va tinchlik o‘rnatilgach, qo‘shma professional ekspertlar komissiyasini tashkil etishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikol Pashinyan “Armenpress” nashriga bergan intervyusida Armaniston Ozarbayjonga 1990 yillarning boshida Qorabog‘ va ikki davlat chegarasidagi harbiy harakatlar sabab to‘xtab qolgan temiryo‘l aloqasini tiklash bo‘yicha taklif yuborganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing