Pashinyan Baku oldiga uchta shart qo‘ydi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasiga erishish uchun tomonlar kelishuvning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilishlari kerakligini aytdi. 

“Baku bilan tinchlik o‘rnatish va munosabatlarni tartibga solishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan uchta asosiy tamoyil bo‘yicha kelishib olindi. Va agar tomonlar ushbu tamoyillarga rioya qilsalar, tinchlik shartnomasi imzolanishi haqiqatga aylanadi”, deydi Pashinyan parlamentda 2024 yilgi byudjet bo‘yicha eshituvda so‘zlagan nutqida.

Armaniston Bosh vaziri bu tamoyillarni tushuntirdi: 

•    birinchi tamoyil – davlatlar tomonidan bir-birining hududiy yaxlitligini tan olish, Armaniston hududi 29,8 ming kv km, Ozarbayjon esa 86,6 ming kv km;

•    ikkinchi tamoyil – 1991 yildagi Olma-Ota deklaratsiyasi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishning siyosiy asosiga aylanishi kerak;

•    uchinchi tamoyil – mamlakatlar suvereniteti, yurisdiksiyasi va qonunchiligini o‘zaro hurmat qilish asosida barcha mintaqaviy aloqalarni ochish;

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Jiddiy to‘siqlardan biri chegaraning umumiy uchastkasini belgilash masalasi bo‘ldi. Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bir necha shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar muhokama qilgan yana bir masala mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochishdir. Yerevan ular hududidan o‘tishda davlatlar yurisdiksiyasini saqlab qolish tamoyili qo‘llanilishi kerakligini aytmoqda. 

Oktyabr oyi oxirida Pashinyan bir necha oy ichida tinchlik shartnomasi imzolanishi hamda Yerevan va Baku o‘rtasidagi munosabatlarni normallashishini kutayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing