Pashinyan Armaniston qaysi tarafdaligini aytdi
Olam
−
02 iyun 2023
12940Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan CNN telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati hech kimning ittifoqchisi emasligini aytdi. Intervyu matni Armaniston hukumatining rasmiy saytida e’lon qilindi.
Bosh vazirning aytishicha, hozirgi Ukraina-Rossiya mojarosida uning mamlakati Moskvaning ittifoqchisi emas.
“Siz bizni Rossiya bilan ittifoqchisiz, dedingiz. Albatta, bu baralla aytilmadi, lekin menimcha, bu sezilib turibdi. Ukraina bilan urushda biz Rossiyaning ittifoqchisi emasmiz. Bu urush, bu mojarodan faqat tashvishdamiz, chunki bu barcha munosabatlarimizga bevosita ta’sir qiladi”, degan Pashinyan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda hamma Armaniston Rossiyaning ittifoqchisi ekanini ta’kidlaydi. Biroq Pashinyan bu vaziyatda Armaniston taraf tanlamasligini ta’kidlagan.
“Rossiyada Ukrainaga qarshi urush masalasida biz ularning ittifoqchisi emasligimizni biladi. Va ma’lum bo‘lishicha, biz hech kimning ittifoqchisi emasmiz. Bu to‘qnashuvlarning barchasida manyovr qilish imkoniyati bordek tuyuladi, lekin haqiqat shundaki, vaziyat qanchalik murakkab bo‘lsa, manyovr qilish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Lekin men bir daqiqa oldin aytib o‘tgan sababga ko‘ra: afsuski, bizning tashvishlarimiz shunchalik ko‘pki, ular boshqa muammoalarni hal qilishda ko‘proq ishtirok etishimizga imkon bermaydi”, deya xulosa qilgan Pashinyan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yaqinda Armaniston va Ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olishga kelishib olgan. Shundan so‘ng Ilhom Aliyev Qorabog‘ aholisini o‘z mamlakati qonunlariga bo‘ysunishga chaqirgan.
LiveBarchasi