Pashinyan arman qo‘shinlarini 1991 yilgi chegaralarga olib chiqishga tayyorligini iddao qildi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon bilan chegaraning butun chizig‘i bo‘ylab (1991 yildagi) qo‘shinlarini olib chiqishga tayyorligini aytdi, agar Baku ham xuddi shunday qadam tashlasa. U Yevropa Ittifoqi xavfsizlik kafolati sifatida bunday ikki tomonlama chorani taklif qilganini eslatdi. Bu haqda “News Armenia” xabar berdi.

“Say-harakatlarimizga qaramay, afsuski, Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi Tex qishlog‘i hududida chegarachilarni joylashtirish jarayonini keskinlashtirmasdan amalga oshirishning imkoni bo‘lmadi. Ozarbayjonning harakatlari provokatsiondir va Praga va Sochida qabul qilingan bayonotlarga ziddir. Siyosiy baho nuqtai nazaridan, menimcha, 1991 yil chegarasiga urg‘u berilgan Yevropa Ittifoqi tarqatgan xabar muhim. Yevropa Ittifoqi bayonotiga ko‘ra, bu chegarani hurmat qilish kerak”, deydi Pashinyan hukumat yig‘ilishidan oldin. 

Aytish joiz, 1991 yil chegarasi Ozarbayjon SSR va Armaniston SSR o‘rtasidagi sobiq ma’muriy chegara bo‘lib, tomonlarning Olmaotada deklaratsiyani imzolashi natijasida Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin davlat chegarasiga aylangan. Tog‘li Qorabog‘ (tan olinmagan) mustaqilligi tarafdorlarining fikricha, xuddi shu deklaratsiya hududning mustaqil davlat sifatidagi maqomini rasman belgilab bergan. Biroq Baku va Moskva bu pozitsiyaga qarshi.

Pashinyanga ko‘ra, 1991 yildagi chegaradan qo‘shinlarning ikki tomonlama olib chiqilishi mantiqan 2022 yilda Sochi (Rossiya vositachiligida) va Pragada (Turkiya va Yevropa Ittifoqi vositachiligida) bo‘lib o‘tgan konferensiyalarda Baku va Yerevan tomonidan imzolangan kelishuvlar asosida bo‘lgan.

“Armaniston Armaniston-Ozarbayjon chegarasining butun uzunligi bo‘ylab xuddi shunday qadamlarni qo‘yishga tayyor. Biz 2021 yildan beri bunga tayyorligimizni bildirib kelamiz. Biroq Ozarbayjon muntazam ravishda xalqaro platformalarda erishilgan kelishuvlarga rioya qilmayotganini namoyish etmoqda”, deya iddao qilgan Armaniston Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Tex qishlog‘i yaqinida (Ozarbayjon tomoni uni “Dig” deb ataydi) otishma oqibatida har ikki tomonning ma’lumotlariga ko‘ra, yetti nafar askar halok bo‘lgandi. Armaniston rasmiylari Ozarbayjon bilan chegara yaqinida “muhandislik ishlarini” olib borayotgan askarlar o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Ozarbayjon tomoni esa dushmanni Lochin yo‘nalishidagi pozitsiyalarni intensiv o‘qqa tutishda aybladi.

2022 yil dekabrida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan yagona yo‘l bo‘lmish Lochin yo‘lagini butunlay to‘sib qo‘ydi. Armaniston qo‘shinlari 2020 yilda Lochin yo‘nalishidagi o‘z pozitsiyalarini tark etgan, bir vaqtning o‘zida Rossiya u yerda tinchlikparvar kontingentini joylashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Ozarbayjon Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing