Pashinyan Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan telefon orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlik jarayonining borishini muhokama qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

“Telefon suhbati davomida tomonlar 2025 yil 8 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ko‘magida bo‘lib o‘tgan hamda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishini ta’minlagan Vashington sammitining bir yilligi, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi matnining dastlabki parafirlanishi yuzasidan fikr almashdilar”, deyiladi xabarda. 

Telefon qo‘ng‘irog‘i Armaniston tomoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Aliyev va Pashinyan o‘tgan yil davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni me’yorlashtirishda erishilgan yutuqlarni qayd etdi.

Tomonlar Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarining rivojlanishini tinchlik afzalliklarining aniq bir ko‘rinishi deb atadi. Shuningdek, ular Ozarbayjon neft mahsulotlarini Armanistonga va Armanistondan boshqa yo‘nalishlarga eksport qilish, yuklarni tranzit tashish masalalarini muhokama qildi va “Vashingtonda erishilgan kelishuvlarga muvofiq “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘nalishi”  yo‘nalishini amalga oshirish bo‘yicha” fikr almashgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing