Parkentda akasining besh gektar yerini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan uka qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Parkent tumanida akasining bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga tegishli 5 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1 million AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan 56 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali ma’lum qildi.

Sotish uchun u avval mazkur yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoridan chiqarib, tuman hokimligi zaxirasiga qaytarishni, so‘ngra esa hokimlikdagi tanishlari orqali xaridor fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtirgan.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgar shaxs so‘ralgan puldan 100 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq boshqa bir holatda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Novobod” MFY hududidan 5 gektar yer maydonini 300 ming AQSH dollariga sotishlarini aytishgan va undan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, ular 2019 yil Bo‘stonliq tumani hokimi qarori bilan mahalliy MCHJlardan biriga dam olish maskani qurish maqsadida ajratib berilgan mazkur yer maydonini sotish huquqi mavjud emasligini bilgan holda noqonuniy ishga qo‘l urishgan.


Maqola muallifi

Teglar

er Parkent

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing