Parrandachilik uchun 400 mlrd kredit ajratiladi – Prezident 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m revolver kredit ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev parrandachilik xo‘jaliklarini yem bilan ta’minlash masalasini to‘liq hal qilish vazifasini qo‘ygan. 

Buning uchun:

parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m revolver kredit ajratiladi;

parrandachilik korxonalarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun olinadigan tijorat kreditlarga Tadbirkorlik jamg‘armasidan garov ta’minotining 50 foiziga kafillik berish va 17 foizdan oshgan qismini kompensatsiya qilish tizimi joriy qilinadi;

pandemiya davrida parrandachilik korxonalarining jami 834 milliard so‘m, shundan 2022 yilda 400 milliard so‘m olgan kreditlari muddati uzaytiriladi.

Shuningdek, Prezident ushbu sharoitlardan foydalanib, mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga, parranda go‘shti ishlab chiqarishni yil yakuniga qadar kamida 35 foizga oshirib, 600 ming tonnaga yetkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tgan.

Bundan tashqari, parranda mahsulotlari bozorini tahlil qilish va loyihalarni to‘g‘ri joylashtirish maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing