Parlamentda maynavozchilik. Spiker arabcha ismlar ko‘paygani va rus tilidan xavotirda
Olam
−
13 aprel
18657Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlament) spikeri Nurlanbek Shakiyev internetda chet tilidagi barcha kontentni bloklash zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda u “Qirg‘iziston Respublikasida halol sanoati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilingan Jogorku Kenesh yig‘ilishida so‘z ochgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasini arabcha halol emas, balki qirg‘izcha “adal” deb atash kerak.
“Nega biz hamma narsani arablashtiramiz? Halol emas, adal. Hatto ismlarni ham arablashtiramiz. Bizda qirg‘izcha yaxshi ismlar ko‘p. Masalan, Bakit, Taalay, Elmurza, Ulukbek, Balbak, Cho‘lpon. Nega ulardan foydalanmayapmiz, ismlarni arabcha qo‘yyapmiz? Bizning qirg‘izcha ismlarimiz tez orada yo‘qoladi. Qishloqlarda bolalar rus tilida gaplashadi, qirg‘izcha yo‘qolib boryapti, telefonlarida rus tilidagi kontentni tomosha qilishyapti. Rus va xorijiy tillardagi barcha dasturlar, multfilmlarni bloklash kerak. Hamma ismlarimiz arabcha”, deydi parlament spikeri.
Deputat Marlen Mamataliyev ma’ruzachiga qonun loyihasida nima uchun “halol” standarti ko‘rsatilganini tushuntirib berdi.
“Xalqaro ISO standartlari bor. Agar biz uni qirg‘izchaga nomlasak, hech qanday tarzda tarjima qilolmaymiz va mahsulotimiz mamlakatdan tashqariga chiqmaydi. Shunday brendlar borki, biz ularni o‘zgartira olmaymiz”, deydi u.
Deputat Dastan Jumabekov ham ma’ruzachiga har bir ota-ona farzandiga o‘zi xohlagan ism qo‘yish huquqiga ega ekanligini aytdi.
“Siz noto‘g‘ri aytdingiz. Bizda demokratiya bor. Ota-ona, agar xohlasa, farzandini Maykl Jekson yoki Ronaldu deb atashi ham mumkin. Ularning tanlovini hurmat qilishimiz kerak. Radikallashishga hojat yo‘q”, deydi deputat.
LiveBarchasi