Parlament sobiq prezidentning dahlsizligini bekor qilishni ma’qulladi

Olam

image

Bugun, 20 iyun kuni Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘qorg‘i Kenesh bir guruh deputatlarning sobiq prezident Almazbek Atamboyevni dahlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi maxsus qarorini tasdiqladi. Bu qaror Ataboyevni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi.

“Deputatlar sobiq prezident Almazbek Atamboyevni dahlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi maxsus komissiya taklifini qo‘llab-quvvatladi”, degan Parlament apparati vakili.

Parlament yig‘ilishida ishtirok etgan 100 deputatdan 95 nafari taklifni ma’qullagan, 5 nafari qarshi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, deputatlar qarorni ma’qullagani bilan sobiq davlat rahbari dahlsizlikdan mahrum bo‘lib qolmaydi. Qonunga ko‘ra, jarayonning yakunlanishiga Bosh prokuraturaning tasdig‘i kerak bo‘ladi. Prokuraturaning qarorga bahosi xalqning ovoz berish yo‘li bilan ma’qullanishi lozim.

Sobiq prezidentdan dahlsizlikni olish bo‘yicha komissiya joriy yilning 13 iyun kuni tuzilgan. Unga parlamentdagi 6 fraksiyaning barchasidan vakillar kiritilgan. 18 iyun kuni komissiya Atamboyevning dahlsizligini bekor qilish uchun asoslarni keltirdi. Parlament jarayonni 3 oy ichida yakunlashi kerak. Aks holda ular tomonidan ilgari surilgan ayblovlar bekor bo‘lgan deb hisoblanadi.

Dastlab, komissiya a’zolari Atamboyevni qonunni 9 o‘rinda buzganlikda aybladi, yakunda ayblovlar 6 tagacha qisqardi. Sobiq prezident Issiq ko‘l viloyatida yer uchastkalarini qayta profillash, Bishkek issiqlik elektr stansiyasi va mamlakat poytaxtidagi Tarix muzeyi rekonstruksiyasida korrupsiyaga qo‘l urganlikda, jinoiy “avtoritet” Aziz Batukayevni jazoni o‘tash joyidan noqonuniy ozod qilish, shuningdek, noqonuniy ravishda poytaxt IESga ko‘mir yetkazib berish va Chu viloyati Qo‘y-Tosh qishlog‘ida turar-joy qurish uchun yer ajratishda ayblanyapti.

Ma’lumot uchun, Almazbek Atamboyev 2011-2017 yillarda Qirg‘izistonga rahbarlik qilgan. Atamboyev birinchi to‘liq prezidentlikdan keyin o‘z xohishi bilan lavozimni tark etgan birinchi prezident bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Almazbek Atamboev

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing