Parkentga sel keldi
Jamiyat
−
14 may 2022 11386 1 daqiqa
Bugun, 14 may kuni Toshkent viloyati Parkent tumaniga sel keldi. Hududda kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar soylarda sel suvlarini to‘lib oqishiga olib kelmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun soat taxminan 17:50 da Parkent tumani Changi kishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘gan. Oqibatda sel oqimi hosil bo‘lib, soylarda sel suvlarini to‘lib oqishi, ichki ariqlar quvurlariga shox-shabba va tog‘ jinslarining tiqilib qolishi kuzatilgan.

Buning natijasida ichki ko‘chalarga va aholi tomorqalariga sel suvlari toshgan.
“Ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruv bo‘linmalari, tuman yig‘ma mexanizatsiyalashtirilgan otryadi texnikalari, hamda FVDTning tegishli xizmatlari kuch va vositalari tomonidan holat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Aholi xonadonlari, ichki ko‘chalarda to‘planayotgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilyapti. Hududda kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar soylarda sel suvlarini to‘lib oqishiga olib kelmoqda”, deyiladi xabarda.

Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr