Parij-2024: O‘zbekistonlik dzyudochilar Italiyaga yutqazdi

Sport

image

Parijda davom etayotgan Olimpiadaning dzyudo bellashuvlarida jamoaviy dastur bo‘yicha bahslarning chorak finalida o‘zbekistonlik dzyudochilar Italiya vakillari bilan bahs olib borib, 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab, -73 kg vaznda Murodjon Yo‘ldoshev va ayollar o‘rtasida Gulnoza Matniyozova g‘alaba qozonganiga qaramay, keyinchalik tatamiga chiqqan 4 nafar O‘zbekiston vakili imkoniyatni boy berdi.

Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham O‘zbekiston dzyudo jamoasi Olimpiadada bronza medal uchun kurashish imkoniyatiga ega. Buning uchun o‘tish bellashuvida o‘zbek dzyudochilari janubiy koreyalik sportchilarga qarshi tatamiga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Olimpiada Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing