Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Sport

image

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi.

Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Toshkent vaqti bilan bugun soat 00:00 da boshlanadi. Mali va Isroil terma jamoalari “D” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Ularning kvartetdagi raqiblari Paragvay va Yaponiya terma jamoalari hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan rossiyalik fuqaro qo‘lga olingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Isroil Mali Park de Prens

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made