Parij–2024: Diyora Keldiyorova amaldagi chempionni mag‘lub etdi (video)

Sport

image

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova yaponiyalik amaldagi Olimpiya chempionini mag‘lub qildi.

Dzyudo bahslarida Diyora Keldiyorova 52 kg vazn toifasida birinchi bosqichdan erkin o‘tgandi. Keldiyorova ikkinchi bosqichda Tokio–2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi kurashga kirdi va uni Olimpiya o‘yinlaridan chiqarib yubordi.

Endilikda u final chiptasi uchun mezbonlar vakilasi, fransiyalik Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 dan so‘ng boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova BAA mezbonlik qilgan Jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya dzyudo Diyora Keldiyorova Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing