Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi
Sport
−
25 iyul 2024
4072Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi.
“Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano.
Birinchi turda argentinaliklar Marokash terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, uchrashuv ikkinchi bo‘lim oxirida tartibsizliklar tufayli to‘xtatildi va ikki soatdan keyin bo‘sh tribunalar bilan davom ettirildi. Keyingi turda Argentina terma jamoasi birinchi turda Ukrainani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Iroq termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 27 iyul kuni Lionda bo‘lib o‘tadi va bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Olimpiya o‘yinlarining futbol bahslari 24 iyuldan 10 avgustgacha Fransiyaning yetti shahrida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi