“Parazit” filmi aktyori mashinasidan o‘lik holda topildi

Madaniyat-san’at

image

"Parazit" filmidagi roli bilan tanilgan janubiy koreyalik aktyor Li Sun Kyun o‘z mashinasidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Politsiya va favqulodda vaziyatlar xodimlari dastlab aktyorni Seul shimolidagi ko‘chalardan birida to‘xtab turgan mashinada hushsiz yotganini payqab qolgan. Manzilga yetib kelgan tez yordam xodimlari esa uning o‘lganini tasdiqlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Li Sun Gyun o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Mahalliy nashrlar aktyor oilasiga o‘z joniga qasd qilish haqida xat qoldirib, keyin uyidan chiqib ketgani haqida yozgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Seul politsiyasi aktyorni giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish aybi bilan bog‘liq tergovga chaqirgan. 

“Li barda  noqonuniy giyohvand moddalarni iste’mol qilishda gumonlanib, tergovga tortilgandi. Aktyor esa o‘z aybini inkor etib, "shantaj"ga duch kelganini aytgan. Jumladan, uni aldab giyohvand moddalar iste’mol qildirishgani va u o‘sha paytda nima ichayotganini bilmaganini ta’kidlagan”, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, mamalakatda giyohvand moddalardan foydalangan shaxslarga nisbatan to‘rt oydan 14 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. 

Bildirilishicha, tergov guruhi Li Sun Kyun hushsiz holda topilgan joyni tekshirmoqda.

Ma’lumot uchun,  Li Sun Kyun rejissyor Bong Jun Xoning “Parazit” filmida suratga tushib, 2019 yilning eng yaxshi filmi nominatsiyasida “Oltin palma to‘pi” va “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Euronews Li Sun Kyun Parazit fil'mi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made