Paralimpiya o‘yinlarida Afg‘oniston bayrog‘i birdamlik belgisi sifatida ko‘tariladi

Sport

image

Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida birdamlik belgisi sifatida Afg‘oniston bayrog‘i ko‘tariladi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons ma’lum qildi.

“Joriy yilning 25 avgustidan 5 sentyabriga qadar o‘tkaziladigan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Afg‘oniston bayrog‘i birdamlik ramzi sifatida ko‘tariladi. Chunki mamlakat sportchilari musobaqada qatnasha olmaydi”, deydi Parsons.

“Kiodo” nashrining xabariga ko‘ra, Afg‘oniston bayrog‘ini Paralimpiadaning ochilish marosimida BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi vakili olib yuradi.

Avvalroq, Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining ijrochi direktori Toshiro Muto Afg‘oniston terma jamoasi mamlakatdagi murakkab vaziyat tufayli musobaqada qatnashmasligini aytib o‘tgandi.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tolibon Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari Endryu Parsons

Baholaganlar

191

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing