Paralimpiada-2024: O‘zbekistonning top-10'ga kirishi qiyinlashdi

Sport

image

Paralimpiada bahslari yakunlanishiga ikki kun qolganda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi.

6 sentyabr kungi dasturda o‘zbekistonlik parasportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, delegatsiyaning umumjamoa hisobida o‘z o‘rnini mustahkamlashini ta’minladi.

Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza jami 23 ta medal bilan 12-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston kabi 9 ta oltin medalga ega Germaniya jamoasi kumush medallarning ko‘pligi evaziga 11-o‘rinni band etib turibdi. 12 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza, jami 37 ta medalga ega Yaponiya vakillari 10-o‘rindan mustahkam joy oldi.

O‘zbekistonning eng yaqin ta’qibchisi Kanada jamoasi bo‘lib turibdi. Amerika qit’asi vakillari 8 ta oltin, 7 ta kumush va 8 ta bronza, jami 23 ta medal jamg‘arishga ulgurdi.

Kuchli uchlikni Xitoy, Britaniya va AQSH jamoalari tashkil etishi allaqachon aniq bo‘lib ulgurgandi. Kuchli beshlikka esa Niderlandiya va Italiya jamoalari kirishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made