Paralimpiada-2024: O‘zbekiston medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi natijasiga erishdi
Sport
−
06 sentabr 2024 17687 1 daqiqa
O‘zbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi oltin medallari sonini 9 taga yetkazib, medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari yakuniga yetmagan bo‘lsa ham, O‘zbekiston delegatsiyasi ayni paytning o‘zidayoq 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.
Bungacha o‘zbekistonlik paraatletlarning eng yaxshi natijasi Tokiodagi bahslarda qayd etilgan. O‘shanda delegatsiya 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza jami 19 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallagan.
Musobaqalar yakunlanishiga ikki kun qolgan bo‘lsa ham o‘zbekistonlik para yengil atletika, para dzyudo, para suzish, para pauerlifting, para velosport va para kanoechilarning ishtiroki davom etadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust