Paragvay Bellingem yuzasidan FIFA’ga rasmiy shikoyat yo‘lladi

Sport

image

Paragvay futbol assotsiatsiyasi Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem yuzasidan FIFA’ga rasmiy shikoyat yo‘lladi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, murojaat joriy yilning 24 iyun kuni Angliya va Gana o‘rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvidagi voqea bilan bog‘liq. 0:0 hisobida yakunlangan bahsda Bellingem Gana hujumchisi Jordan Ayyuga murojaat qilar ekan, og‘zini qo‘li bilan yopgan.

Paragvay tomoni FIFA intizomiy qoidalarni qo‘llashda izchillikka rioya etmayotganini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, Paragvay yarim himoyachisi Migel Almiron musobaqa boshida Turkiyaga qarshi o‘yinda shunga o‘xshash imo-ishora uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan.

Mazkur qoida Jahon chempionati arafasida Janluka Prestianni Vinisius Juniorga nisbatan haqoratli so‘z ishlatgani uchun diskvalifikatsiya qilinganidan keyin joriy etilgan edi.

Hakamlar Bellingemni maydonda jazolamaslikka qaror qildi. Ular uning harakatini tajovuzkor yoki mojaroni kuchaytiruvchi holat, deb baholamagan.

Amaldagi FIFA qoidalariga ko‘ra, bunday imo-ishora futbolchilar o‘rtasidagi janjal yoki tajovuzkor muloqot vaqtida sodir etilsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing