Papua-Yangi Gvineya sohilida 7,7 balli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Seshanba kuni orol davlat Papua-Yangi Gvineya sohilida 7,7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar bergan. 

Zilzila epitsentri 20 mingga yaqin aholi yashaydigan Kokopo shahridan 28 km shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. 

Hozircha jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot tarqalmagan. Aholi sunami xavfidan ogohlantirilgan.

Sunami xavfi Tinch okeanida zilzila epitsentri yaqinida joylashgan ba’zi hududlar uchungina mavjud. 

Papua-Yangi Gvineya Meksika va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi 40 ming kilometr hududga cho‘zilib ketgan “Tinch okeani olovli halqasi” deb ataluvchi, yuqori seysmik faol va doim otilib turuvchi vulqonlar hududida joylashgan orol davlat hisoblanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Papua-Yangi Gvineya Tsunami

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing