Paola Pliyego Buxoroga keldi
Sport
−
29 iyul 2019
8671Asli meksikalik Paola Pliyego joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan edi.
Sportchi O‘zbekistonga keldi. U Buxoro bo‘ylab sayohat qilmoqda. Bu haqda Paola ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Latofatli sportchi Instagram`dagi sahifasiga Buxoroda tuya ustida tushgan suratlarini joylashtirgan. Uning egnida esa o‘zbek atlasini ko‘rish mumkin.
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgan Paola Pliyego 15-23 iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgandi. Biroq Paola Pliyego meksikalik Natalii Botelloga 14:15 hisobda yutqazgandi.
LiveBarchasi