Panjikentdan Samarqandgacha temiryo‘l quriladi

Jamiyat

image

Tojikiston va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida Panjikent va Samarqand shaharlarini bog‘lovchi temiryo‘l quriladi. Bu haqda Panjikent shahar hokimligiga tayanib "Asia-Plus" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shahar hokimligida soha faxriylari, mutaxassislar va boshqa mas’ul shaxslar ishtirokida ishchi maslahatlashuv o‘tkazilib, Panjikent-Samarqand yo‘nalishida temiryo‘l qurilishini boshlash muhokama qilingan.

“Temiryo‘l qurishdan maqsad Tojikiston va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdir. Shu bilan birga Panjikent" (Tojikiston) – Bulung‘ur – Jomboy" yo‘nalishida poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan”, deya ma’lumot bergan nashr manbasi.

Unga ko‘ra, hozirda ikki tomondan temiryo‘l qurilishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilgan, temiryo‘l loyihasini tayyorlash bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Qo‘shimcha qilinishicha, Panjikent-Samarqand temiryo‘lining qurilishi Sovet Ittifoqi davrida ham rejalashtirilgan bo‘lib, noma’lum sabablar tufayli qurilish ishlari boshlanmagan.

Aytish joiz, 2021 yilning iyun oyida Tojikiston va O‘zbekiston Transport vazirlari o‘rinbosarlari uchrashib, Panjikent-Samarqand temiryo‘li loyihasini muhokama qilgan edi.

E’tiborlisi, Tojikistonning Panjikent shahri markazidan O‘zbekistonning Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa qariyb 60 km bo‘lib, uni transport vositasida 1 soatda bosib o‘tish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston temir yo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing