Pandemiyaning qiyin kunlari hali oldinda – Merkel

Olam

image

Germaniya Hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishi nihoyat nazorat ostiga olinishi mumkin, deb umid qilmoqda, ammo yaqin bir necha hafta pandemiya boshlanganidan beri eng qiyin davr kirib kelishi mumkin. Ushbu bashorat Germaniya kansleri Angela Merkeldan chiqqan.

“Ko‘pgina shifoxonalarda shifokorlar va tibbiyot xodimlari ortiqcha yuk bilan ishlamoqda. Rojdestvo va Yangi yil bayramlari kasadllik yuqtirish darajasiga qanday ta’sir qilishini hozircha aytish imkonsiz. Virus mutatsiyalari haqida eshitgan narsalarimiz ham tashvishni kamaytirmaydi, aksincha, uni kuchaytiradi. Pandemiyaning qiyin kunlari hali oldinda”, deydi Merkel.

Bunday vaziyatda, kanslerning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda koronavirusga chalinganlar sonini 2020 yil yozi va kuzida Germaniyada bo‘lgan darajagacha kamaytirish kerak. Bu shifokorlarga individual infeksiyalarni kuzatib borish va virus zanjirlarini dastlabki bosqichda sindirish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing