Pandemiyaning ikkinchi yili yomonroq bo‘lishi mumkin — JSST 

Olam

image
0:00
0:00
download

COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida birinchisiga qaraganda ko‘proq o‘lim holati kuzatilishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qilgan.  

“COVID-19 allaqachon 3,3 milliondan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Biz hozir shunday yo‘ldamiz-ki, pandemiyaning ikkinchi yili birinchisidan ko‘ra ko‘proq halokatli bo‘lishi mumkin”, degan u. 

Eslatib o‘tamiz, Tedros Adhanom Gebreyesus dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish va o‘lim “plato” (tekislik) bosqichiga yetganini ma’lum qilgandi.   

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 162 mln 554 ming 793 kishiga yetgan. 3 mln 371 ming 975 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing