Pandemiyadan so‘ng Osiyoda kelajak shahri qurilishi boshlanadi
Texnologiya
−
03 noyabr 2020
7565Malayziyaning O2 Design Atelier byurosi me’morlari Osiyoda "postpandemiya" kelajak shahrini qurishni rejalashtirmoqda. Ularning konsepsiyasi vertikal makonni rivojlantirishga asoslangan. Bu haqda Designboom xabar bermoqda.
Rejalashtirilganidek, shaharda baland qoziqlar ustida joylashgan va uchar kapsulalardan iborat bir nechta minora bo‘ladi va barcha binolar ko‘priklar tarmog‘i bilan bog‘lanadi. Daraxtlarning o‘sishi uchun joy bo‘shatish va shu tariqa tabiatni "asl holiga" qaytarish va o‘rmonlarni to‘ldirish uchun ishlab chiqaruvchilar ularni iloji boricha yuqori ko‘tarishni rejalashtirmoqda. "Har yili sayyoramizda millarcha o‘rmon yo‘q bo‘lib ketadi, bu har daqiqada 48 ta futbol maydoniga teng hududni yo‘qotishga tengdir", deya me’morlar misol keltiradi.
Shahar infratuzilmasiga kelsak, har bir minorada do‘konlar, sport majmualari va tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni joylashtirish rejalashtirilgan. Odamlar ular orasida kapsulada harakatlanishadi, undan kerakli binoga yetib borganlarida chiqib, unga “ulanish” mumkin. Ko‘p qavatli binolarning pastki qavatlarida ishlab chiquvchilar pandemiya bo‘lgan taqdirda odamlarni joylashtiradigan tibbiy markazlarni ta’minlashadi.
Avvalroq ma’lum bo‘ldiki, 2020 yil avgust oyida Daniya-Malayziya arxitektura firmalar guruhi Malayziyada kelajakdagi orollarni qurishga va u yerda sayohlarni, bog‘larni, o‘quv markazlarini, shuningdek, suv, havo va quruqlik transportlarini jihozlashga qaror qildi. Hududni BiodiverCity deb atash va u yerda 2030 yilgacha ishni yakunlash rejalashtirilgan edi. Rejalashtirilganidek, orollardagi odamlar tabiat bilan uyg‘un hayot kechirishadi. Buning uchun ular "yashil yo‘laklar" tarmog‘ini qurmoqchi va ular yordamida turli hududlarni birlashtirmoqchi edi.
LiveBarchasi