Pandemiyadan so‘ng dunyodagi qancha odam o‘ta kambag‘allashadi?
Olam
−
20 may 2020
7286Dunyodagi 60 millionga yaqin odam koronavirus pandemiyasi tufayli o‘ta kambag‘allashadi. Bu haqda Jahon bankining rahbari Devid Malpass ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil jahon iqtisodiyotini “chuqur retsessiya” kutmoqda.
Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, kunlik daromadi 1,9 dollar va undan past bo‘lgan odamlar “o‘ta kambag‘allik” holatida.
Malpassning tushuntirishicha, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tibbiy favqulodda vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishni tezda o‘rganish kerak. Bundan tashqari, hukumat kambag‘allar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bank 15 oy ichida eng himoyasiz mamlakatlarga subsidiya va boshqa iqtisodiy yordam shaklida 160 milliard dollar ajratishni va’da qilmoqda.
LiveBarchasi