Karantinda qurbonlik qilish vojibmi?

Intervyu

Dunyo musulmonlari, jumladan O‘zbekiston ikkinchi hayitni ham pandemiya sharoitida kutib olyapti. Ramazon hayitidan farqli o‘laroq Qurbon hayitida odamlar qurbonlik qilib, uni tarqatishga odatlangan. Ammo pandemiya sharoitida bu savobli ishlarni ham ma’lum qoidalar asosida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

QALAMPIR.UZ muxbiri karantin cheklovlari o‘rnatilgan vaqtda Qurbon hayitini nishonlash va qurbonlik qilish borasida Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari, “Qozirobod” jome’ masjidi imomi Abduqahhor domla Yunusov bilan suhbatlashdi.

– Bismillahir Rohmanir Rohiym Alhamdulillah assalotu vassalam ala rosulillah amma bat Assalomu alaykum va rahmatullahi tala va barakatux. Aziz yurtdoshlar, barchalaringizni kirib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Alloh subuhana xuva taolo butun dunyo xalqlariga tinchlik osoyishtalik ofiyat fayz barakatni Allohning o‘zi nasib aylasin.

Azizlar bayramlar juda ko‘p lekin, bayramlar ichida eng saralaridan, musulmon xalqlari uchun maqtalgan bayramlardan biri bu – Qurbon hayiti. Qurbon hayitida eng yaxshi maqtagan amallardan biri bu qurbonlik qilish. Jonliq so‘yish. Keling azizlar buni ham tarixiga to‘xtalib o‘tsak.

Ibrohim Halilulloh o‘g‘illari Ismoil alayhissalom Alloh taolo soffat surasida marhamat qilib aytadi: “Vaqtiki Ibrohim alayhissalom farzandlari otasi bilan yuradigan payt bo‘lib qolgan bir vaqtda, shunday xolat ro‘y berdiki, Ibrohim Halilulloh Alloh taolo bayon qilganidek ey o‘g‘ilcham men tush ko‘rdim tushimda sizni qurbonlik qilayotgan ekanman. Bunga nima deysiz” deganda, Ismoil alayhissalom otalari Ibrohim Alayhissalomga ey otajon siz nimani ko‘rgan bo‘lsangiz nimaga buyurilgan bo‘lsangiz mana shu narsaga amal qiling, albatta meni sabr qiluvchilardan topasiz degan. Ismoil Alayhissalomning o‘z otalariga itoati, muxabbatini isxor etadi. Bu oson ish emas edi, chunki bugun mana shu xolatdan biz o‘zimiz uchun katta ibrat olishimiz mumkin. Farzandlar o‘ ota-onasi tomonidan halol pokiza ishga buyurilganda labbay otajon-onajon deyishimiz Payg‘ambarlarning ulug‘ sunnatlari ekanligini bilishimiz mumkin bo‘ladi.

Qurbonlik haqida aytsak. Alloh taolodan Ibrohim Alayhissalomga “o‘g‘ingni qurbonlik qil”, degan amr bo‘ldi. Bu esa sinov, imtihon edi. Shu vaqtda Ibrohim Halilulloh farzandlari endi qurbonlik qilmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ular imtihondan chiroyli o‘tdilar. U vaqtigacha shayton qanchadan qancha vasvasa qildi. Ismoil Alayhissalomning bu itoatlari uchun Alloh taolo tominidan Jannatdan bir qo‘y bilan mukofotlandi. Shu tariqa Hajga keluvchilar ham inson farzandini emas balki bir jonliq so‘yishlikga amir bo‘ldi vojib bo‘ldi musulmonlar zimmasida. Bu esa hamma musulmonlarigagina emas balki, ma’lum vaqtlarda nisobga yetgan kishilargina bu ibodatni amalga oshirishlari o‘rinli bo‘ladi. Bugun xalqimiz orasida turli gap so‘zlar tarqaldi. Bu bayram yilda bir marotaba bo‘lgani uchunmi ularni to‘g‘ri tushunish kerak. Lekin har kim o‘zini ishini qilishligi va o‘sha ishni bajaruvchi ham ustasi bajarishligi maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Ba’zi kishilar “arafa kuni qurbonlik qilsa bo‘ladi, yoki undan oldin qilsa bo‘ladi” degan so‘zlarni aytishyapti. Yo‘q o‘rniga o‘tmaydi, oddiy sadaqa bo‘ladi.

Qurbonlik ibodatini bajarishimiz albatta hayit kunlaridan boshlab, hayitning uchinchi kuni Asr vaqtigacha davom etadi. Buni esdan chiqarmaylik.
 
Qo‘yga pulim yetmayapti va o‘rniga xo‘roz so‘ysam bo‘ladimi kabi savolar tug‘ilishi tabiiy. Yo‘q bo‘lmaydi. Agar siz qo‘y so‘yishlikga imkoniyatingiz bo‘lsa, demak so‘ying. Ba’zi holatlarda vojib, ba’zida esa sunnat bo‘ladi. Puli nisobga yetgan, zakot berishga qodir kishilar bo‘lsa, ularga qo‘y so‘yishlik vojib bo‘ladi. Zakot berishga qodir emas lekin qurbonlikni niyat qilsa, ularga ham qurbonlik savob bo‘ladi. Ammo arafa va undan oldingi kunlarda so‘yishlik durust emas.

Xalqimizni qiziqtirayotgan yana bir savol qurbonlikni qanday amalga oshiramiz. Bayram kunlari karantin holatida hamma joy yopiq bo‘ladi deyishyapti. Musulmon odam farosatli bo‘ladi, musulmon odam tadbir tadorigini doimo qo‘llab yuradi. Biz uzoqqa bormaymiz to‘g‘risini aytish kerak, karantin uzoq vaqtga cho‘ziladi desa, kerak bo‘lsa yillab yetadigan taomlarni, ro‘zg‘orlarni bosib qo‘yganlarni ham ko‘rdik. Demak biz birgina qo‘yni so‘yishlikga imkon topa olmasak qanday bo‘ladi. Biz bugundan imkonini qilsak, qiziqaylik qo‘y qayerda sotilyapti, qancha bo‘lyapti, uni narxi kelishib olinadi. Yana bir narsani unutmaylik, karantin holatida so‘ymasa ham bo‘ladi deyilsa, vojib bo‘lgan kishilar zimmasidan bu amal soqit bo‘lmaydi. Keyin aqli kirib qolgandan keyin endi so‘yishim kerak desa, so‘yadigan jonliqni puli sadaqa bo‘ladi. Bu hayit kunidan kechikib qolsa, buni ham esdan chiqarmaylik. 

Yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan yana bir savol, bu gal Hayit namozi o‘qilmagani sababdan qurbonliklarimiz qaysi vaqtda amal qiladi. Bu haqda ham juda ko‘p gaplar tarqaldi. Dinga, shariatga murojaat qilsak. Agar umuman hayit namozi o‘qilmaydigan yerlar bo‘lsa jonliqlarni kun chiqanidan so‘ng so‘yish mumkin bo‘ladi. Bizni ham sharoitimiz xuddi shunday. Pandemiyaga to‘g‘ri kelganligi uchun kun chiqqanidan so‘ng, imkoniyat topgan odam tong otishidan oldin Zikr tasbeh qilinsa, Zuho namozini ado etib undan so‘ng jonliq so‘yilsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi InshaAllah. Yana bir narsani esdan chiqarmaylik azizlar, bitta qo‘yni uch-to‘rtta odam nomidan so‘yilmaydi. Bitta qo‘y bir odam nomidan so‘yiladi. Bu ham mo‘’tabar kitoblarimizda fatvolarda keltirilgan.

Qurbonlik go‘shtlaridan kimlar iste’mol qilishi mumkin. Avvalo qurbonlik go‘shtidan qurbonlik qiluvchilarni o‘zlari ham iste’mol qilishliklari mumkin bo‘ladi. Tasavvur qiling siz qurbonlik qilishingiz haqida biror yaqiningizga aytdingiz. Agar siz qurbonlik qilayotgan joyingiz uyingizdan uzoqda bo‘sa, o‘sha yerda istiqomat qiluvchilarga ham ulashishlik durust bo‘ladi. Eng avvalo miskin, beva bechora, faqirlarga hatto to‘qlar ham qurbonlik go‘shtidan iste’mol qilishligi durust bo‘ladi.

Yana bir nozik masalani eslab o‘tib ketishimiz mumkin. Bugun yurtdoshlarimizning orasida ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchilar ham bor. Ba’zilar shularga bilib-bilmasdan, tushunib-tushunmasdan maslahat beradi: “sen qurbonlik qilmoqchimisan, qo‘yni 9-qavatgacha olib chiqqin”, deb. Yo‘q azizlar, nafaqat 9-qavat. O‘sha ko‘p qavatli binoning ostida, ishxonada bo‘ladimi, musulmon odam jonliqni qurbonlik qilishni niyat qilgan bo‘lsa, Alloh taolo niyatiga erishtiradi.

Tarqatish borasida ham haqdor kishilarga tarqatish, ya’ni o‘sha go‘shtni yeb, uni haqiga duo qiladigan kishilar bor, qo‘shnilarimiz, qarindoshlarimizning ham eng faqirlaridan boshlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bilasizmi, bu maqtalgan amal bo‘lgani uchun qurbonlik qilayotgan odam o‘z nomidan so‘yadi. Agar vakil bo‘lsa, misol uchun, bir odam menga nomimdan qo‘y so‘ying desa, bu qo‘y o‘z nomimdan demayman, bu mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. So‘yganda ham odobi bilan sog‘lom qo‘yni so‘yish tavsiya qilinadi.

Otamni, onamni nomidan deb emas, ota-onamni ham bu savobdan bahramand qilgin degan niyat bilan amalga oshirilsa, savob bo‘ladi.

Qurbonlik masalasida nisobga yetgan va nisobga yetmagan degan masala turadi. Nisobga yetmagan, lekni qurbonlikka yig‘ilgan pul. Biror ammami, tog‘ami, xolami kasal bo‘lib turibdi. O‘sha pulni dori-darmoniga bersam bo‘ladimi? Bo‘ladi. Bugungi kunda savobi ko‘proq bo‘ladi. Bu qurbonlikni qasddan tark etish degani emas.

Yana eslatmoqchi bo‘lganimiz. Bu ulug‘ muborak kunlarda albatta, yaqinlarimizni ko‘ngillarini olishmiz, ularga yaxshilik ulashishimiz, agar xasta bo‘lsa, ularning haqida duo qilishimiz ayni o‘rinli bo‘ladi. O‘zi pandemiya bo‘lmagan vaqtda hayit kuni uyma-uy fotixaxonlikka yurishimiz bidat amal hisoblanadi. Lekni bir tanishingiz vafot etdi. Ko‘ngil uchun hayit bilan tabriklashingiz mumkin. Endi bugungi kunlarda bir odam vafot etsa, falonchi menikiga kelmadi deb gina saqlash musulmon kishiga yarashmaydi.

Meni tanishlarim orasida ham vafot etganlar, Yaratganning huzuriga safar qilganlar ko‘p. Lekin o‘zim ibrat bo‘lib, karantin vaqtida ularning xonadoniga borishim to‘g‘ri emasligini nazarda tutgan holatda telefon orqali ko‘ngil so‘rayman.

Oz qoldi azizlar. Sabr qilaylik. Alloh taolo bu kunlarni tezda ko‘tarsin. Har bir narsadan hikmat izlagan xalqimiz, shukuhli onlarga yetib keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki to‘ylar juda qisqardi. Ko‘p vaqtdan beri to‘y o‘tkaza olmayotgan, katta to‘y qilmasam, nima bo‘ladi deyotgan kishilar, ozchilik bilan to‘ylarni o‘tkazib oldilar. Alloh bu yoshlarga baxt-saodat, iqbol ato qilsin.

Siz to‘yni kamtarona o‘tkazdingizmi, endi qizingizga narsa yuborishingiz na vojib, na sunnat, na mutaxab. Har kim topganicha hadya qiladi. Shu uchun kuyov tarafga ham aytib qo‘ymoqchimiz. Ey aziz, qaynonalar, qaynotalar, muhtaram oila boshchilari keliningiz tarafidan mol-mulk yoki ro‘zg‘orlik kutmang. Karantin vaqtida bayramni oila davrasida nishonlasa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

Alloh taolo xasta bo‘lgani kishilar sog‘ayib ketishlarini nasib aylasin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Alloh taolo bu ehtiyotkorlik borasida hammamizga yaxshiliklani nasib etsa ne ajab.


Maqola muallifi

Teglar

Qurbon hayiti

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing