Prezident oilasi bilan hayitni nishonladi
Jamiyat
−
06 iyun 25925 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev oilasi va yaqinlari bilan Qurbon hayiti munosabati bilan taom tayyorlab, bayramni nishonladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining kenja qizi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Bayramlar insonlarni birlashtiradi. Ular bizga eng asosiy narsalarni – oila, an’analar va haqiqiy qadriyatlarni eslatadi. Bugun mening ota-onam, mamlakatimiz bo‘ylab minglab oilalar kabi birgalikda taom tayyorlashmoqda. Bu nafaqat quvonchli va samimiy lahza, balki biz asrab-avaylab, avloddan avlodga o‘tkazib kelayotgan boy madaniyatimizning bir qismi”, deydi Mirziyoyeva.
U shuningdek, o‘zbekistonliklarni bayram bilan tabriklagan.
“Bunday ulug‘ kunlarda ezgu va samimiy tilaklar ko‘ngildan chiqadi. Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin! Har bir xonadon mehr-muhabbat, saxovat va baraka bilan to‘lsin”, deya yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisini Qurbon hayiti bilan tabriklagandi.
Live
Barchasi