Pandemiya tufayli rus estradasi yulduzi biznesini yo‘qotdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya estradasi yulduzi Grigoriy Leps o‘zining Moskva markazidagi kafesini yopishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "StarXit" xabar berdi. 

Kafening ochilishida Leps Rossiya estradasi yulduzlari Filipp Kirkorov va Aleksandr Panayotovni ham taklif qilgan bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, faoliyatini bir yil davom ettirgan kafe joriy yilning sentyabr oyi oxirida yopilgan. 

Xodimlarning aytishiga qaraganda, Leps koronavirus pandemiyasi tufayli o‘z biznesini yo‘qotdi. Cheklovlar amaldaligida kafe zarariga ishlagan. 

Kafe yopilishidan oldin Leps shu kabi kafelar tarmog‘ini ochishni rejalashtirayotgan bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya poytaxtida Lepsning alkogol mahsulotlari do‘koni va restorani o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing