Koronavirus xalqaro turizmga qancha zarar keltirdi?
Olam
−
23 iyun 2020
4221Yil boshidan beri koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda turizmdan keladigan daromad 195 milliard dollarga qisqarib ketdi. Bu haqda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti ma’lum qildi.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida boshqa davlatlarga sayohat qiluvchi turistlar soni 44 foizga qisqardi. Turizm avj oladigan aprel oyida sayohat qiluvchilar 97 foizga qisqargan. Mart oyida esa sayyohlar 55 foizga kamaygan. Aynan shu omil 195 mlrd dollar miqdoridagi ulkan yo‘qotishga sabab bo‘lgan.
Tashkilot 2020 yil davomida davlatlararo sayohat qiluvchi turistlar soni 1,1 mlrdgacha qisqarishi mumkinligini, bu esa yo‘qotishlarni 1,2 mlrd dollarga yetkazishi mumkinligini taxmin qilgan.
Turizm sohasidagi mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda dunyoda sayohat qiluvchi odamlar soni 1,5 mlrdga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yildagiga qaraganda 4 foizga ortiq.
LiveBarchasi