Pandemiya qashshoqlik va tengsizlikni chuqurlashtirdi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Pandemiya dunyo bo‘ylab ko‘plab muammolarni, jumladan qashshoqlik va tengsizlikni chuqurlashtirdi. Ayniqsa, afrikalik, osiyolik va lotin amerikaliklar jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 sammitidagi nutqida gapirdi. 

“Pandemiya qarshisida eng zaif qatlamni qochqinlar va majburan yashash joylaridan ko‘chirilganlar tashkil etmoqda. Bu insonlar iqtisodiy qiyinchililardan tashqari, qat’iy davom ettirilayotgan islom dushmanligi va ksenofobiyaga qarshi turishga majburlar”, deydi Erdo‘g‘an kinoya bilan.

Ushbu dahshatli manzarani e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, urushdan zarar ko‘rgan mintaqalar va xavf ostida bo‘lgan aholiga gumanitar yordamni kuchaytirish kerakligini aytdi. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, Turkiya so‘nggi 6 yilda eng ko‘p qochoqlarni bag‘riga olgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Ayni vaqtda Anadolu zamini 4 million qochoqqa mezbonlik qilmoqda. 

“Biz 4 million qochoqni bag‘rimizga oldik. Ularning ko‘pi Suriyadan. Shuningdek, Suriya, Idlib va boshqa ko‘plab mamlakatlarda millionlab muhtojlarga gumanitar yordam ko‘rsatyapmiz. Ularning soni  sizning ko‘plab yirik shaharlaringiz aholisidan ziyoddir. Biz mamlakatimizda panoh topganlarning jamiyatimiz bilan hamjihat va munosib hayot kechirishi uchun sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz. Bizga berilgan va’dalarning ustidan chiqilmaganiga qaramay, ushbu sa’y-harakatlarimizni qat’iyat bilan davom ettiryapmiz”, deydi Erdo‘g‘an.

Turkis rahbari so‘zida davom etarkan, qochoqlar va himoyaga muhtoj dunyo aholiga yordam berish faqat Turkiyaning vazifasi emasligini eslatib, bu borada barcha mamlakatlarda o‘ziga tushadigan yukni adolatli bo‘lib olishi kerakligini uqtirdi. 

“Endi biz barchadan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, bu yukni adolatli va mas’uliyat bilan bo‘lishishini kutmoqdamiz. Odamlarga xizmat qilmaydigan,  odamlarga tinchlik,  farovonlik va qadriyat bermaydigan, adolat va xavfsizlikni ta’minlamaydigan tizimning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yo‘q. Shuhratparastlik, hukmronlik, adolatsizlik va ijaraga asoslangan hozirgi global iqtisod na insoniyatni va na tabiatni himoya qila oladi”, deydi Erdo‘g‘an


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing