“Paxtakor” yo‘q bo‘lmaydi: U FIFA talabiga mos stadionga aylantiriladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadioni buzilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi va bu ko‘plab foydalanuvchilarning e’tirozini keltirib chiqardi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritar ekan, “Paxtakor” klubi rasmiy saytida stadionning aniq buzilish sanasi ma’lum emasligi haqida bayonot berdi.

Unda ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanilayotgani, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketayotgani haqida so‘z boradi. Ma’lum bo‘lishicha, “Paxtakor” klubi rasmiy saytida e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20 ga yaqin kompaniya o‘z takliflarini bildirgan. Stadion FIFAning eng so‘nggi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

“Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxt markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida bir to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi”, - deyiladi klub bayonotida.

“Paxtakor“ futbol klubi matbuot xizmati bergan bayonotga ko‘ra, stadion qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘liq homiylar hisobidan qoplanadi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Paxtakor

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing