“Paxtakor” yozda Qozog‘iston MTJ a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
04 aprel
5096Toshkentning “Paxtakor” klubi yozda Qozog‘iston terma jamoasi yarim himoyachisi Abat Aymbetovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun urinib ko‘radi. Bu haqda “Aladop.kz” ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum so‘nggida “Astana” sharafini himoya qilgan Abatga qishki transfer oynasidayoq “sherlar” taklif bilan chiqqan, biroq yakunda futbolchi Turkiyaning “Adana Demirspor” klubini tanlagan. Hozirda yangi jamoasida o‘yin amaliyoti kamligi sabab futbolchining o‘zi “Paxtakor” variantini o‘ylab ko‘rmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi turkiyaliklar safida hozirgacha umumiy 5 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 163 daqiqa maydonda harakatlandi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining hozirgi transfer narxi 800 ming yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi