“Paxtakor” yevropalik futbolchi xarid qildi

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi chernogoriyalik himoyachi Iliya Martinovichni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.

28 yoshli Martinovich faoliyatini Chernogoriyaning “Lovchen” klubida boshlagan. Keyinchalik u Sloveniyaning “Alyuminiy” va “Maribor” klublarida to‘p tepgan. Chernogoriya terma jamoasida uch o‘yinda maydonga tushgan.  “Sherlar” Martinovich bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Iliya Martinovich faoliyati davomida 168 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan. Shuningdek, himoyachiga umumiy hisobda 43 ta sariq va 4 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

514

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing