“Paxtakor” o‘tgan yilgi alamini oldi va kubok sohibiga aylandi

Sport

image

Toshkentning "Paxtakor" hamda Olmaliqning AGMK jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor"ning katta ustunligi ostida o‘tgan o‘yinda "sherlar" yirik 3:0 hisobida zafar quchib, mamlakat kubogi sohibiga aylandi. Uchrashuv uchchala golga ham Dragan Cheran mualliflik qildi. 

O‘z tarixidagi 15-finalda ishtirok etgan "Paxtakor" 12 karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Shota Arveladze shogirdlari bu bilan o‘tgan yilgi finaldagi mag‘lubiyat uchun revansh ham oldi. 

O‘zbekiston kubogi / Final

PAXTAKOR - AGMK - 3:0

26 oktyabr 2019 yil. Toshkent shahri, "Lokomotiv" stadioni. 7185 tomoshabin.
Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent)
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Dragan Cheran 31, - 1:0. Dragan Cheran 61 penalti, - 2:0. Dragan Cheran 77, - 3:0.

"Paxtakor" (4-2-3-1) — 25.Eldorbek Suyunov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A’zamov, 55.Marko Simich, 34.Farruh Sayfiyev (29.Vladimir Kozak, 86) - 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (15.Yegor Krimets, 89)- 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 17.Doston Hamdamov - 11.Igor Sergeyev (21.Marat Bikmayev, 80).

AGMK (4-3-3) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullayev, 5.Dilshod Jo‘rayev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46) - 7.Elguja Grigalashvili (8.San’at Shixov, 63), 99.Shahzod Nurmatov (15.Jasur Hakimov, 74), 17.Murod Toshmatov.

Ogohlantirishlar: Akmal Shorahmedov 73, Farrux Sayfiyev 73, Xojiakbar Alijonov 79.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor AGMK O'zbekiston kubogi

Baholaganlar

18

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing