“Paxtakor” stadionida futbolchilar o‘rtasida mojaro yuz berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida futbol tugaganidan so‘ng janjal yuzaga kelganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 1 aprel kuni soat 19:00 da “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston chempionati musobaqasi doirasida Toshkentning “Paxtakor” va Namangan viloyatining “Navbahor” jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari futbolchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Ushbu kelishmovchilik, xizmatga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, ommaviy tartibbuzarliklarning oldi olingan.

Hozirda holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor

Baholaganlar

588

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing