“Paxtakor” stadioni rekonstruksiya qilinadi
Sport
−
04 dekabr 2024 6594 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi to‘p tepadigan stadion to‘liq qayta ta’mirlanadi. Bu haqda klub raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev OAV bilan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ortiqxo‘jayevga ko‘ra, stadion ta’miri hozirdanoq boshlanadi va bahordan “Paxtakor” klubi yana o‘z maydonida to‘p suradi. Stadionning o‘rindiqlari va tablosi bilan bog‘liq muammolar ham bartaraf etiladi va maydon maysasi o‘zgartiriladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum “Paxtakor” O‘zbekiston chempionatini 6-o‘rinda yakunladi. Jamoa Elit Chempionlar ligasida 6 ta turdan keyin 4 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda va hali pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini saqlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor”ga yangi bosh murabbiy tayinlangani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr