“Paxtakor” rekordchi legioneri bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

Serbiyalik hujumchi Dragan Cheran Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Cheran 2023 yil oxirigacha "Sherlar" safida to‘p suradi. Bu haqda klub saytida xabar berilgan.

 Cheran hozirga qadar “Paxtakor” safida jami 144 o‘yinda 89 ta gol muallifiga aylangan. Hujumchi O‘zbekiston Superligasi tarixida birinchi bo‘lib ketma-ket uch marta to‘purar sifatida rekord qo‘yishga erishgan. 

Shuningdek, Dragan Cheran “Pahtakor” tarkibiga 2018 yil Qarshining “Nasaf” klubidan kelib qo‘shilgan. Cheran “Nasaf” jamoasi safida 31 o‘yinda 38 ta gol muallifiga aylangan.

Avvalroq, poytaxt klubi chernogoriyalik futbolchi Iliya Martinovichni o‘z safiga qo‘shib olganligi haqida xabar bergandik.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing