“Paxtakor” OCHLda tarixiy natija qayd etdi
Sport
−
27 aprel 2022 14583 1 daqiqa
Kecha, 26 aprel kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Paxtakor” Saudiya Arabistonning “At-Ta’vun” klubi ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alaba orqali “sherlar” Osiyo Chempionlar ligasidagi g‘alabalari sonini 50 taga yetkazib oldi. Qayd etish joiz, “Paxtakor” 49-g‘alabasini ham “At-Ta’vun”ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan. Undan so‘ng ketma-ket Qatarning “Ad-Duhayl” va Eronning “Sepaxon” klubiga imkoniyat boy berildi.
“Paxtakor” OCHLda 50 ta g‘alabaga erishgan 4-jamoaga aylandi. Bunga qadar faqat “Al-Ittihod” (50), “Chonbuk Motors” (66) va “Al-Hilol” (74) Osiyo chempionlar ligasida 50+ g‘alaba ko‘rsatkichini qayd etgan.
Ma’lumot o‘rinida, OCHLda "D" guruhida ishtirok etgan “Paxtakor” 6 ochko to‘pladi va guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashdi. Chempionlar ligasida qatnashayotgan yana bir o‘zbek klubi “Nasaf” esa bugun, 27 aprel kuni soat 22:15 da “Al-Vihdat”ga qarshi kechadigan uchrashuvda yirik hisobda mag‘lub bo‘lmasa, musobaqaning guruh bosqichini ijobiy natija bilan yakunlashi mumkin.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr