“Paxtakor”ga xorijlik yangi murabbiy tayinlandi

Sport

image

Bugun, 11 yanvar kuni Slavche Voyneski Toshkentning “Paxtakor” klubiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Voyneski jamoani tark etgan Piter Xyuistraning o‘rnini egallaydi. Makedoniyalik mutaxassis “sherlar” bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 

Qayd etish joiz, 47 yoshli Slavche Voyneski Shimoliy Makedoniyada turli toifadagi yoshlar terma jamoalarida uzoq muddatli faoliyati bilan tanilgan. 

“U 1999-2004 yillar oralig‘ida o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan. 2004-09 yillarda esa Shimoliy Makedoniya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida mehnat qilgan. Asosan Srechko Katanets va Drago Kanatlarovskiga yordam bergan. Shundan keyin Turkiyada “Elazigspor”, “Genchlerbirligi”, “Gaziantepspor” va “Rizespor” klublarining murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2019 yil Slovakiyaning “Sered” klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. U yoshlar bilan tizimni yo‘lga qo‘yish orqali yaxshi ishlagan mutaxassis sifatida baholanadi”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 

Ma’lumot uchun, Voycheski UEFA’ning “PRO” litsenziyasiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Piter Xyuistra Slavche Voycheski Bosh murabbiy

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing