“Paxtakor” braziliyalik futbolchi transferini e’lon qildi

Sport

image

Toshkentning “Paxtakor” klubi braziliyalik 28 yoshli hujumchi Flamarion Jovino Filoni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jovino Flamarion “Paxtakor” bilan shartnomaga imzo chekkan to‘rtinchi legioner bo‘ldi.

“MDH futboli menga tanish. Faoliyatimning katta qismini Gruziyada o‘tkazganman. Xuddi o‘sha sermahsullikni “Paxtakor” safida ham takrorlash uchun mehnat qilaman va mamlakat chempionatida muvaffaqiyat qozonish uchun harakat qilaman”, deydi futbolchi.

Ma’lumot uchun, Flamarion “Dinamo Batumi” safida 2022 va 2023 yilgi mavsumlarda mamlakat to‘purari bo‘lgan. 2019 yilda esa to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni olgan. Flamarion Gruziya chempionatida 139 ta o‘yinda maydonga tushgan va 59 ta gol urgan, 23 marotaba assist qayd etgan. Rossiya Premer-ligasida esa 20 ta o‘yinda 4 ta gol urgan. U so‘ngi mavsumida Fransiyada to‘p tepdi. Futbolchi faoliyatining asosiy yillarini chap qanot vingeri va markaziy hujumchi sifatida o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Braziliya Flamarion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing