“Paxtakor” 13-marta O‘zbekiston kubogini yutdi

Sport

image

Bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi finali doirasida Namanganda o‘tgan uchrashuvda “Paxtakor” OKMKga qarshi maydonga tushdi.

Finalda “Paxtakor” Olmaliq jamoasi ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Dragan Cheran (28, 46 daqiqalar) Jaloliddin Masharipov (59 daqiqada) mualliflik qildi.

Qayd etish kerakki, “Paxtakor” va OKMK ketma-ket uchinchi bor O‘zbekiston kubogining finalida to‘qnash kelyapti. To‘qnashuvlarning barchasida poytaxtliklar g‘alaba qozongan. Poytaxtliklar bu yil 13 marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston kubogi-2020. Final
OKMK – “Paxtakor” - 0:3
Namangan. “Markaziy” stadion.

Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Ruslan Serazitdinov (Toshkent), Ruslan Samandarov (Navoiy), Shavkat Nasibullayev (Namangan).

VAR-assitent: Aziz Asimov, Timur Gaynulin (Toshkent)

Gollar: Dragan Cheran 28, 46, Jaloliddin Masharipov 59, penalti.

OKMK: 35. Valijon Rahimov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo‘rayev (4.Mirjamol Qosimov, 75), 7.Elguja Grigalashvili (77.Arslonmurod Amonov, 62), 11. Murod Toshmatov (31.Saydullo Rahmatov, 46), 18.Bahrom Abdurahimov (30.Jasur Umarov, 75), 21. Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 62), 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 94. Husniddin G‘ofurov.

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akram Komilov (29.Vladimir Kozak, 90), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran (99.Javohir Siddiqov, 83), 15.Yegor Krimets, 17.Dostonbek Hamdamov (18.Hojimat Erkinov, 72), 20.Odil Hamrobekov, 21.Abror Ismoilov (27.Sardor Sobirxo‘jayev, 72), 77.Eren Derdiyo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing