“Paxtakor” 12 million dollar ishlab olishi mumkin
Sport
−
14 iyun
14561Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) Elit chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Paxtakor” klubi umumiy hisobda 12 million dollar miqdorida mukofot puli ishlab olishi mumkin. Buning uchun jamoa musobaqada g‘olib chiqishi lozim.
Toshkent klubi guruh bosqichidagi ishtiroki orqali 800 ming dollar ishlab oladi. Guruh bosqichida jami 12 ta jamoa bo‘lib, ular orasida Saudiyaning “Al-Nasr” va “Al-Hilol” va o‘tgan mavsum chempioni – Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoasi bor. Guruhdagi yurishini “sherlar” hech bo‘lmaganda 8-o‘rinda yakunlasa, 1 million dollar ishlab topadi.
OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa joriy yil 16 may kuni bo‘lib o‘tgan Osiyo futbol konfederatsiyasining 34-kongressi yakunida muhim yangilanishlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Osiyo Chempionlar ligasining eski formati rasman tugatilib, uning o‘rniga OFK Elit Chempionlar ligasi, OFK ayollar Chempionlar ligasi, OFK Chempionlar ligasi 2 va OFK Chaqiruv ligasi tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichini 7 ochko bilan amaldagi chempion “Al-Ayn” va Saudiyaning “Al-Feyxa” jamoalaridan keyin 3-o‘rinda yakunladi.
Xabibulloh Rayimov
LiveBarchasi