Paxtachida sel: ko‘plab xonadonlarga shikast yetgan

Jamiyat

image

Bu yil O‘zbekistonda bahor seryomg‘ir keldi. Ko‘chalar ko‘lga, ariqlar esa soylarga aylandi. Me’yoridan ortiq yomg‘ir ko‘plab talofotlarga sabab bo‘ldi. 

Joriy yilning 18-19 may kunlari Samarqand viloyati Paxtachi tumanida kuchli jala kuzatilgan. Hosil bo‘lgan sel Fay, Guliston mahallalari va Toshquvur qishlog‘idagi ko‘plab xonadonlarga shikast yetkazgan. Bu haqda Zarnews.uz xabar tarqatdi. 

Manbaga ko‘ra, ayrim aholi tomorqasi, ko‘chalar, Fay mahallasiga qarashli Ziyovuddin va Nurafshon kabi qishloqlarda sel bosgan. Voqea sabab jabrlangan va talofatlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Sel kelishi oqibatida 18 may kuni Qoratepa, Toshquvur qishloqlari aholisi kechasi soat 22:00 dan boshlab, yaqin tog‘ hududiga ya’ni, “Orom” va “Visol” to‘yxonalariga evakuatsiya qilingan. Fay mahallasi aholisi esa 19 may tongi soat 02:40 da zudlik bilan mahallaga yaqin qir-adirga chiqishgan.

Ayni damda tuman rahbariyati tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etishning tezkor choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing