Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

•    mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;

•    qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda –  800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;

•    mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Shuningdek, paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra 2019 yil hosilini qisqa muddatda yig‘ib olish, terimchilar bilan o‘z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2020 yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing