Pakyao yaponiyalik kikbokschi bilan jang qiladi
Sport
−
01 iyul
2367Iyul oyining oxirida Super Rizin 3 boks oqshomi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, kechada afsonaviy bokschi Menni Pakyao chiqish qiladi. Bu haqda Rizin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Avvaliga Pak-Man yaponiyalik MMA jangchisi Chihiro Suzuki bilan boks tushishi kerak edi. Ammo u hamyurti Takanori Gomiga qarshi ko‘rgazmali o‘yinda jarohat olgan, shu bois 28 iyul kuni bo‘ladigan jangni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Biroq 45 yoshli Pakyao baribir Super Rizin 3 boks oqshomida chiqish qiladi – uning raqibi yana bir yaponiyalik kikbokschi Rukiya Anpo bo‘ladi. Anpo ilgari hech qachon professional boksda ishtirok etmagan. Shartnomaga ko‘ra, 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi jang 3 daqiqadan 3 raund davom etadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr