Pakyao mag‘lubiyatdan so‘ng, Filippin xalqidan kechirim so‘radi
Sport
−
23 avgust 2021
4936Professional boksning sakkiz divizioni bo‘yicha sobiq jahon chempioni 42 yoshli Menni Pakyao (62-8-2, 39 KO) yarim o‘rta vazn toifasida WVA kamari sohibi kubalik Yordenis Ugasga (27-4, 12 KO) qarshi jangdagi mag‘lubiyatidan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jang qilishimga kuch bergani uchun Yaratgandan va har doim yonimda bo‘lgani uchun o‘z oilamdan minnatdorman. G‘alabaga umid qilgan bo‘lsam ham Ugas va uning jamoasini tabriklayman.
Jangni kuzatgan butun dunyodagi muxlislarga rahmat. Meni qo‘llab-quvvatlagan har bir filippinlikdan minnatdorman. Men o‘z mamlakatim bilan faxrlanaman. Afsuski, vatanimga g‘alaba keltira olmaganim uchun uzr so‘rayman. Biroq, qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Barchangizga chin yurakdan rahmat”, deydi “Pekman”.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv kecha, 22 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile” arenada o‘tkazildi. Dastlab Pakyaoning raqibi WVC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Errol Spens bo‘lishi kerak edi, ammo jang bekor qilindi. Ushbu vaznda WBO kamari Terens Kroufordga tegishli.
Ma’lumot uchun, Filippin parlamenti senatori Menni Pakyao professional boksda 72 ta jang o‘tkazib, 62 marta g‘alaba qozongan. 7 jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Yordenis Ugas esa o‘zi ishtirok etgan 31 jangning 27 tasida g‘alaba qozonib, 4 marta mag‘lubiyatga uchragan.
LiveBarchasi